Ma’lumotlaringizni ko‘rmaydigan ChatGPT

Shaxsiy ma’lumotlar modelga yetib bormaydi — ular so‘rovdan avval olib tashlanadi. Matn, DOCX va PDF bilan ishlaydi.

ChatGPT kabi — lekin ma’lumot chiqmaydi

Odatdagidek yozasiz. SecureChat shaxsiy ma’lumotlarni modelga yuborishdan oldin belgilarga almashtiradi, ekraningizda esa javob asl ma’lumotlar bilan ko‘rinadi.

SecureChatjonli maket
Ko‘rsatishga tayyor

Fayllar — avtomatik yoki qo‘lda

Fayllar uchun ham xuddi shu himoya. Shartnomani tozalab, mijozga yuborishingiz mumkin — buning uchun AI shart emas.

Faylni xabarga biriktiring — u modelga yetib borgunicha shaxsiy ma’lumotlarni olib tashlaymiz.

Formatlar
dogovor_karimov_2026.docxmaket · fayl yuklanmaydi
F.I.Sh.JSHSHIRpassporttelefonkarta
Ko‘rsatishga tayyor

Nimalarni topamiz

Mahalliy formatlar birinchi kundan — «umumiy» shablonlar emas.

JSHSHIR

14 ta raqam — bo‘shliq bilan yoki bo‘shliqsiz

Passport

Kirill harfli seriyalar ham

Uzcard / Humo

Karta raqamining istalgan yozuvi

STIR

Tashkilot va jismoniy shaxslarning STIR raqami

Telefonlar

+998 va mahalliy formatlar

F.I.Sh.

Lotin va kirill alifbosida

Ma’lumotlaringiz bilan nima qilamiz

  • Jurnallarni cheklangan muddat — faqat diagnostika uchun saqlaymiz.
  • Ular asosida modellarni o‘qitmaymiz.
  • Serverlar — O‘zbekistonda.

Ko‘p beriladigan savollar

ChatGPT’ga shaxsiy ma’lumotli hujjatlarni yuborish mumkinmi?

Texnik jihatdan — ha, lekin siz ularni O‘zbekistondan tashqaridagi kompaniyaga yuborasiz. Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilik fuqarolar ma’lumotlarini mamlakat ichidagi serverlarda saqlashni talab qiladi, ommaviy AI-xizmatlar esa buni ta’minlamaydi. SecureChat shaxsiy ma’lumotlarni so‘rov modelga yetib borgunicha olib tashlaydi.

Model aslida nimani ko‘radi?

Faqat belgilar qo‘yilgan matnni: {{Person_1}}, {{Pinfl_1}}. Asl ma’lumotlar sizda qoladi va javobga ekraningizda qaytariladi.

SecureChat qanday ma’lumotlarni topadi?

JSHSHIR, passport seriyasi va raqami — kirill harfli АА va АВ ham, STIR, karta va bank hisobi raqamlari, +998 formatidagi telefonlar, lotin va kirill alifbosidagi F.I.Sh. — «o‘g‘li» va «qizi» shakllari hamda «Kenjayev O. O.» ko‘rinishidagi yozuvlar bilan birga. Model jami qirqdan ortiq turdagi ma’lumotni ajratadi: manzillar, tug‘ilgan sanalar, shartnoma raqamlari, summalar.

Qo‘lda o‘chirgandan nimasi bilan farq qiladi?

Qo‘lda esdan chiqadi. O‘n betlik shartnomada JSHSHIR sarlavhada ham, rekvizitlarda ham, ilovada ham uchraydi — bittasini o‘tkazib yuborish kifoya. Va har safar vaqt ketadi.

Ma’lumotlar qayerda saqlanadi?

Modelga belgilardan boshqa hech narsa ketmaydi. Bizning tomonda so‘rovlar jurnali qoladi — u diagnostika va statistika uchun kerak va cheklangan muddat saqlanadi. Ular asosida modellarni o‘qitmaymiz. Saqlash muddati va serverlar joylashuvi korporativ mijozlar bilan shartnomada belgilanadi.

Kirish qachon ochiladi?

Navbat bilan ochamiz va navbatingiz kelganda Telegramda yozamiz. Vazifangizni qanchalik aniq yozsangiz, shunchalik tez javob qaytaramiz.

Navbatga yozilish

Jamoangiz uchun SecureChat kerakmi? secureprompt.tech orqali yozing